2025 yil 1-aprel kuni Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ochiq eshiklar kuni bo’lib o’tdi. Tadbirda Guliston shahar 16-umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologi Nazarkulova Shahzoda Xushvaqtovna boshchiligida bitiruvchi sinf o’quvchilari ishtirok etdilar.

Mazkur ochiq eshiklar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturini tasdiqlash to’g’risidagi PF-134 sonli Farmonining 23-bandiga muvofiq amalga oshirildi. Ushbu farmon asosida, maktabning bir nechta 11-sinf o’quvchilari tibbiyot texnikumiga jalb etish maqsadida targ’ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Texnikumda o’quvchilarga taqdim etilgan ma’lumotlar va o’quv jarayoni bilan tanishtirildi. Tadbir davomida o’quvchilarda texnikumga qiziqish juda katta bo’lib, ularning kelajakda o’z kasblarini mukammal mutaxassislar sifatida tanlashga bo’lgan ishtiyoqi oshdi. O’quvchilar texnikumda o’qishning afzalliklari, ta’limning yuqori darajasi va kasbga tayyorlashning samarali yo’llari haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Tadbirning muvaffaqiyatli o’tishi, o’quvchilarning kasbiy yo’nalishlari bo’yicha yangi imkoniyatlarga ega bo’lishga intilishlarini ko’rsatdi. Texnikumning o’quv dasturi, amaliyot va zamonaviy uslublari o’quvchilarning kelajakda jamoat salomatligi sohasida yuqori malakali mutaxassislar bo’lishlarini ta’minlashga qaratilgan.

Ushbu tadbirning natijasi sifatida, kelajakda texnikumga tashrif buyurgan o’quvchilar orasida tibbiyot sohasiga bo’lgan qiziqish yanada ortdi va ularning o’z maqsadlariga erishish yo’lida kuchli motivatsiya oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan