O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har oyning birinchi shanba va yakshanbasini “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” deb e’lon qilinishi munosabati bilan mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish va aholining madaniy hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Guliston shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog va xodimlari uchun tarixiy va madaniy meros maskani bo‘lgan – qadimiy Samarqand shahriga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida jamoa a’zolari Registon majmuasi, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi muqaddas va tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi. Madaniy-ma’rifiy ruhda o‘tgan ushbu sayohat texnikum jamoasi a’zolarining bilim doirasini kengaytirish, o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlash va madaniy hordiq chiqarish uchun muhim omil bo‘ldi.
Texnikum rahbariyati ushbu tashabbus doirasida xodimlar uchun bunday sayohatlarni doimiy ravishda tashkil etib borishni rejalashtirmoqda.







