2024-yil 16-oktabrda qabul qilingan PF–158-sonli Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Guliston shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Eng mahoratli o‘qituvchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – pedagog kadrlar salohiyatini yuksaltirish, innovatsion o‘qitish usullarini amaliyotga tatbiq etish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdan iborat.

Musobaqada o‘z fani bo‘yicha yuqori bilim va mahoratga ega, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana oladigan hamda darslarda interfaol yondashuvlarni qo‘llaydigan tajribali o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

Bu kabi tanlovlar kelgusida ham tizimli ravishda tashkil etilib, o‘qituvchilarning ijodiy va kasbiy o‘sishiga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan