Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida «Karera kuni» munosabati bilan «Farmatsiya» yo‘nalishini 2013 yilda tamomlagan Azizullo Xotamjonovich bilan uchrashuv tashkil etildi.
U kollejni tugatgach, oliy ta’lim muassasasining farmatsiya mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, hozirda viloyatimizdagi yirik farmatsevtik qo‘shma korxonalar hamda xususiy korxonalarda mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan ochiq davra suhbati o‘tkazilib, u o‘zining erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi.






