18.06.2025 kuni Guliston shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini va sport to’garagi muvaffaqiyatli tashkil etildi

Mazkur o‘yin doirasida yoshlarimiz:

Bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi

Jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyish etishdi

Mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilishda o‘z salohiyatlarini ko‘rsatishdi

Bu kabi tadbirlar yoshlarda:

Dunyoqarashni kengaytiradi

Vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlaydi

Intellektual rivojlanishga turtki beradi

Shu bilan birga, texnikum sport zalida qizlar o‘rtasida mini futbol to‘garagi ham davom etmoqda. Qizlarimiz sportga bo‘lgan qiziqishlari va jismoniy tayyorgarliklari bilan barchaga ibrat bo‘lmoqda!

Intellekt va sport uyg‘unligi – bu sog‘lom, bilimdon va faol yoshlar jamiyatining poydevoridir!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan