



Futbol to‘garagi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jamoaviylik va sport madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
Shu bilan birga, buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy hayoti va ilmiy merosi haqida qisqacha tanishtiruv o‘tkazilib, so‘ngra viktorina tashkil etildi. Faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad — yoshlar qalbida tarixiy faxr, sog‘lom turmush va ijtimoiy faollikni uyg‘otish.
Yoshlar uchun imkon — bu kelajakka qo‘yilgan eng muhim sarmoya!
