Joriy yilning 9 aprelida Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida “Ta’lim muassasasi rahbar xodimlari va yoshlar uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida texnikum rahbariyati o‘quvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi. Ta’lim jarayonidagi yangiliklar, shart-sharoitlar, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, halollik va qonuniylik prinsiplariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javoblarni oldilar. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirish, ishonch muhitini mustahkamlash va sog‘lom fikrli avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan