2025-yil 4-aprel kuni Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchi kurs o‘quvchilari o‘rtasida “YIL BITIRUVCHISI” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, o‘quvchilarning ishtiyoqi va faol ishtirokida tashkil etildi.

Tanlov davomida bitiruvchilar o‘z bilimlari, iqtidorlari va kasbiy tayyorgarliklarini namoyish etishdi. Har bir ishtirokchi o‘zining namunali xulqi, yetuk kasbiy ko‘nikmalari hamda jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turdi. Tadbir texnikumning madaniy hayotida yorqin sahifalardan biri bo‘ldi.

Tanlov yakunida g‘olib deb topilgan iqtidorli o‘quvchi qizlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, ularni yanada faol va mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.

«YIL BITIRUVCHISI» tanlovi texnikumda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va kasbiy rivojlanishiga xizmat qilayotganining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan