📚 «Dunyoning ishlari» — 204-guruh o‘quvchilarining ta’sirli kitob taqdimoti
Guliston shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bugun 204-guruh o‘quvchilari tomonidan yozuvchi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub mashhur “Dunyoning ishlari” asariga bag‘ishlangan adabiy-badiiy taqdimot bo‘lib o‘tdi.
📖 Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari orqali asardagi chuqur ma’naviy va hayotiy voqealar o‘ziga xos tarzda jonlantirildi. Taqdimot nafaqat tinglovchilar, balki ustozlarning ham qalbiga yetib bordi.
👏 Tadbirning yuqori saviyada o‘tishida o‘quvchilarga doimo ko‘makchi bo‘lib kelayotgan jonboz ustozimiz Dilrabo Komilovaning xizmatlarini alohida e’tirof etamiz. Ustozga samimiy minnatdorlik bildirgan holda, yoshlarni bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etishga va ibrat olishga chorlab qolamiz.
📌 Ma’naviy tarbiya — yoshlar kamolotining asosi!
#DunyoningIshlari #AdabiyotTaqdimoti #JamoatSalomatligiTexnikumi #Ma’naviyat #Kitobxonlik






