2025-yil 3-may kuni Guliston shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilar o‘rtasida “Super kelinchak” nomli milliy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy urf-odatlar, udumlar va qadriyatlarni targ‘ib etish, yoshlarda milliy g‘urur va hurmat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Unda o‘quvchilar milliy kiyimlar namoyishi, milliy taomlar tayyorlash hamda sahna ko‘rinishlari orqali o‘z iqtidorlarini namoyon etib, milliy qadriyatlarga hurmati va e’tibori baland ekanini isbotladilar.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan